Tashkent, June 7 -- Futbol assotsiatsiyalari xalqaro federatsiyasi (FIFA) rahbari Janni Infantino O'zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga maktub yo'lladi.

Janobi Oliylari,

Hurmatli Prezident!

Kecha O'zbekiston o'z tarixida ilk bor FIFA Jahon chempionatiga chiqib, Osiyoda birinchi bo'lib JCh-2026 yo'llanmasini qo'lga kiritgan terma jamoalardan biriga aylandi.

Butun futbol jamoatchiligi nomidan Sizni va butun O'zbekiston xalqini ushbu munosib va tarixiy natija bilan tabriklashga ijozat bergaysiz.

Bunday ajoyib yutuq ushbu muvaffaqiyatga aloqador bo'lgan barchaning birgalikdagi sa'y-harakatlari va qat'iy irodasi tufayli amalga oshdi. Sizga, hukumatingizga, O'zbekiston futbol assotsiatsiyasiga, futbolchilarga, murabbiyga, barcha xodi...