Tashkent, May 14 -- Joriy yilning aprel oyida Farg'ona viloyati delegatsiyasining Xitoyga tashrifi chog'ida savdo va investitsiya sohalarida qator muhim kelishuvlarga erishilgandi.

Xususan, ushbu tashrif davomida O'zbekiston tumanidagi "Yahyohon Trade-2020" oilaviy korxonasi hamda xitoylik hamkorlar o'rtasida 5 mln dollarlik meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish shartnomasi va 10 mln dollarlik istiqbolli investitsiya kelishuvlari imzolandi.

Kuni kecha mazkur hamkorlikni amaliy bosqichiga o'tish maqsadida Xitoyning Urumchi shahri, Chjeszyan, Shandun va Xebey provinsiyalarida faoliyat yurituvchi kompaniyalar vakillari O'zbekiston tumaniga tashrif buyurdi. Mehmonlar mahalliy tadbirkorlarning faoliyati, mavjud eksport imkoniyatlari bi...