Tashkent, April 26 -- 26 aprel kuni Eronning Bandar-Abbos shahri yaqinidagi Shahid-Rajai dengiz porti hududida kuchli portlash sodir bo'ldi. Oqibatda 195 kishi jabrlandi. Bu haqda "Mehr" xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, jabrlanganlar qisqa vaqt ichida shifoxonaga yetkazilgan. Voqea mahalliy vaqt bilan 12:30 atrofida sodir bo'lgan. Portlash Fors ko'rfazidagi Keshm orolida eshitilgan.
"Tasnim" agentligi hodisaga port binolariga zarar yetkazgan yoqilg'i rezervuarining portlashi oqibatida kelib chiqqan bo'lishi mumkinligi haqida yozdi. Port ishi to'xtatilgan.
Ayni vaqtda voqea joyida maxsus xizmatlar faoliyat olib bormoqda. Hozirga qadar qancha odam halok bo'lgani haqida ma'lumot berilmagan.
Published by HT Digital Content Services with ...
Click here to read full article from source
To read the full article or to get the complete feed from this publication, please
Contact Us.