Tashkent, May 1 -- Eron Oliy sudi hukmi bilan Isroilning Mossad razvedka xizmatiga ishlaganlikda gumonlangan Muhsin Langarneshin 30 aprel kuni ertalab qatl etildi, deb xabar beradi IRNA.

Langarneshin Mossad bilan 2020 yil kuzidan hamkorlik qilishni boshlagan, shundan keyin maxsus tayyorgarlikdan o'tgan va o'sha yilning dekabrida Isroil maxsus xizmatlari uchun birinchi vazifani bajargan.

Tergovning aniqlashicha, u ikki yil davomida Isroil razvedkasi xodimlari hamda agentlari bilan yaqindan hamorlik qilib kelgan va 2022 yil 22 mayda Islom inqilobi muhofizlari korpusi polkovnigi Hasan Sayyod Hodaiyning o'ldirilishida ishtirok etgan. Langarneshin tergov tadbirlar davomida o'z aybiga iqror bo'lgani aytilmoqda.

Sud hokimiyati vakillarining t...