Tashkent, May 11 -- Eron va AQSh muzokarachilari 11-may, yakshanba kuni Ummon sultonligi poytaxti Maskatda Eron yadro dasturi bo'yicha muzokaralarni davom ettirdi. Eronning ISNA axborot agentligining qayd etishicha, bu muzokaralarning to'rtinchi bosqichidir.

Yig'ilishda Tehrondan tashqi ishlar vaziri Abbos Araqchi, Vashingtondan esa maxsus vakil Stiv Vitkoff ishtirok etmoqda. To'rtinchi raund dastlab 3-mayga belgilangan edi, biroq "logistik va texnik sabablarga ko'ra" qoldirildi, dedi Eron vaziri.

Tomonlarning pozitsiyalari qarama-qarshidir

8-may kuni Vitkoff Breitbart News nashriga bergan intervyusida Qo'shma Shtatlar Erondan uranni boyitishdan voz kechishni va yadroviy inshootlarini butunlay demontaj qilishni talab qilishini, aks hol...