Tashkent, April 20 -- Eron Suriyaning hozirgi hukumatiga qarshi emas va kerak bo'lsa inklyuziv hukumat tuzishda yordam berishga tayyor. Bu haqda 19 aprel kuni Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi RT telekanaliga bergan intervyusida so'z ochdi.

Aroqchiga ko'ra, Eron hozirgi Suriya vakillari bilan hozircha hech qanday aloqa o'rnatmagan.

Aroqchining qo'shimcha qilishicha, agar Suriya Erondan yordam so'rasa, mamlakat tinchlik o'rnatish va qonuniy hamda inklyuziv hukumatni shakllantirish yo'lida har doim yordam berishga tayyor.

Eron vazirining so'zlariga ko'ra, u Rossiya vakillari bilan uchrashuv chog'ida Suriya masalasini ham muhokama qilgan.

Published by HT Digital Content Services with permission from UzReport....