Tashkent, June 16 -- Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, Isroil zarbalari boshlanganidan (13 iyun) buyon o'tgan vaqt ichida 1277 nafar kishi shifoxonalarga yotqizilgan. Ularning 90 foizdan ortig'i tinch aholi vakillari ekani ta'kidlanmoqda.

SSV vakilining so'zlariga ko'ra, halok bo'lganlar orasida ayollar va bolalar ham bor.

Ma'lumot uchun, 2025 yil 13 iyundan beri Isroil va Eron o'rtasida o'zaro raketa va havo hujumlari davom etmoqda. Isroil hukumati Eronni yadroviy qurol yaratish arafasida turibdi, deb ayblab, harbiy operatsiya boshlanganini e'lon qilgan.

Tehron esa bu da'volarni rad etgan holda, Isroil hududlariga raketalar bilan javob berdi. Ikki tomon o'rtasidagi keskinlik nafaqat harbiy obektlarga, balki tinch aholi yashaydigan hududlarg...