Tashkent, June 15 -- 15 iyunga o'tar kechasi ikki tomon ham Isroil raketa zarbalari ostida qolgani haqida xabar berdi.

Eron davlat televideniyesi 100 dan ortiq raketa (ularning turiga aniqlik kiritilmagan), shuningdek, dronlar uchirilganini ma'lum qildi. Tel-Aviv va Hayfa shaharlari asosiy nishonlar bo'ldi.

Isroil mudofaa armiyasi ham raketa uchirilishi qayd etilganini ma'lum qildi va havo trevogasini e'lon qildi. Havo trevogasi sirenalari Iordaniya poytaxti Oman shahrida ham ishga tushdi.

Hujum boshlanganidan bir soatga yaqin vaqt o'tib Isroil armiyasi frontorti qo'mondonligi aholiga boshpanalarni tark etishga ruxsat berdi.

CNN telekanali Isroil yong'in-qutqaruv xizmatidagi manbasiga asoslanib, Isroil markazida ko'plab turar joy bino...