Tashkent, June 13 -- 13 iyun kuni Isroil tomonidan Eronga qarshi amalga oshirilgan keng ko'lamli hujumlardan so'ng, Eron Isroilga qarshi o'z javob zarbalarini yo'lladi. Bu haqda Isroil Mudofaa vazirligi xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, Eron harbiy kuchlari tomonidan Isroil hududiga qarata 100 dan ortiq dron va ballistik raketalar uchirilgan. Isroil Mudofaa kuchlari ushbu zarbalarni tasdiqlagan va havo mudofaa tizimlari zudlik bilan ishga tushirilgan. SAXAL rasmiy bayonotida aytilishicha, Isroil havo mudofaasi katta miqdordagi hujumchi dron va raketalarni tutib qolishga muvaffaq bo'lgan.

Dronlar va raketalar Eronning janubidagi Fors viloyatidan uchirilgani qayd etilgan. Eron harbiylari bu hujum orqali Isroilning yadroviy inshootlari va ...