Tashkent, April 26 -- Eron hukumati Hindiston va Pokiston o'rtasidagi nizolarni hal qilishda vositachi bo'lishga tayyor. Bu haqda Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi o'zining X ijtimoiy tarmog'ida yozib qoldirdi.

Aroqchining so'zlariga ko'ra, ramiy Tehron qo'shnilari qiyin vaziyatga tushib qolganda, doim yordam berishga tayyor.

Eslatib o'tamiz, Kashmir mintaqasining Hindiston hududidagi Paxalgam shahri yaqinidagi so'qmoq bo'ylab harakatlanayotgan sayyohlarga terrorchilar hujum qilgan edi. Oqibatda 26 nafar hindistonlik va 1 nafar Nepal fuqarosi halok bo'ldi.

Published by HT Digital Content Services with permission from UzReport....