Uzbekistan, Feb. 17 -- Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo'g'anning kuyovi, Baykar Teknoloji kompaniyasining egasi Selchuk Bayroqdor "Forbes"ning Turkiyaning eng boy odamlari bo'yicha dastlabki 20 odamdan biriga aylandi. Bu haqda "Turkiye Gazetesi xabar berdi.

Baykar aksiyalarining 52,5 foiziga egalik qiluvchi Selchuk Bayroqdor ro'yxatda 15-o'rinni egallagan. U 1,2 milliard dollarlik boyligini 1,8 milliard dollarga oshirishga muvaffaq bo'lgan. Uning akasi, kompaniya aksiyalarining 47,5 foiziga egalik qilayotgan Haluk Bayroqdor esa 19-o'rinda qayd etilgan. Haluk boyligini 1,1 milliard dollardan 1,6 milliard dollarga olib chiqqan.

So'nggi yillarda mudofaa sanoatida strategik investitsiyalar va ishlab chiqarish ortishi Baykar Teknoloji'ni...