Tashkent, May 30 -- Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo'g'an Ukraina va Rossiya o'rtasida 2 iyun, dushanba kuni Istanbulda o'tkazilishi mumkin bo'lgan uchrashuv oldidan har ikki tomonni o't ochishni to'xtatish bo'yicha muzokaralarga imkoniyat berishga chaqirdi. Biz Rossiya va Ukraina bilan aloqadamiz. Biz ularga eshik hali ochiq ekan, eshikni yopib qo'ymasliklarini aytyapmiz, - dedi Erdo'g'an 29 may, payshanba kuni.

Har bir uchrashuvimiz davomida suhbatdoshlarimizga bu imkoniyatni qo'ldan boy bermaslik kerakligini eslatib turamiz. Mintaqamizdagi bu ulkan yong'inni o'chirish insonparvarlik burchidir, - deya ta'kidladi Turkiya prezidenti Ukrainadagi urush haqida gapirar ekan.

Bir kun avval Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov kelas...