Tashkent, June 17 -- 16 iyun kuni Turkiya Vazirlar Mahkamasi yig'ilishidan so'ng bayonot bilan chiqqan prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an Eron va Isroil urushiga to'xtaldi. Bu haqda Anadolu nashri xabar bermoqda.

Erdo'g'anning fikricha, Isroil tomonidan sodir etilayotgan har bir jinoyat va insoniyatga qarshi harakat ularning mavjudligiga va kelajagiga tahdid soladi. Erdo'g'an Isroil tajovuzini to'xtatish bo'yicha AQSh, Rossiya, Eron, Misr va Saudiya yetakchilari bilan muzokara olib borganini hamda bu borada har qanday yordamni ko'rsatishga tayyorligini aytdi. U mintaqadagi muhim voqealarni eslagan:

Erdo'g'anning aytishicha, so'nggi voqealar fonida Turkiya o'z raketa zaxiralarini yetarli darajaga olib chiqish bo'yicha rejalar hamda Anqara ...