Tashkent, May 16 -- Endi avtobuslar harakati uchun ajratilgan, ya'ni "A" harfli tasmalarda boshqa transport vositalarining soat 23:00 dan 06:00 ga qadar harakatlanishi qoidabuzarlik hisoblanmaydi. Bu Prezident topshirig'iga asosan qabul qilingan hukumat qarorida belgilangan.

Qaror imzolangan kundan boshlab qator yengilliklar joriy qilinadi.

Xususan, soat 23:00 dan 06:00 ga qadar yo'nalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmalarda boshqa transport vositalarining harakatlanishiga ruxsat berildi.

Avtobuslar harakati uchun ajratilgan, ya'ni "A" harfli tasmalarda boshqa transport vositalarining harakatlanishi hozirda taqiqlangan. Soat 23:00 dan boshlab deyarli barcha avtobus yo'nalishlari o'z ishini tugatishini hisobga olib...