Tashkent, May 2 -- Roma klubi aprel oyi yakunlariga ko'ra, oyning eng yaxshi futbolchisi nomi uchun ovoz berish yakunlarini e'lon qildi.

Unga ko'ra, Eldor Shomurodov joriy mavsumda ikkinchi bor Rim klubida oy futbolchisi deb topildi. O'zbekistonlik hujumchi klub rasmiy saytidagi ovoz berish jarayonida 4 nomzod orasida eng ko'p ovoz to'plab, oy laureatiga aylandi. Muxlislar tanloviga ko'ra, u Soule, Svilar va Ndikani katta farq bilan ortda qoldirgan.

Aprel oyida Roma A seriya doirasida to'rtta o'yin o'tkazdi, avvaliga Yuventus va Latsio kabi jiddiy raqiblarga qarshi o'yinlarda durang hisoblar (1:1, 1:1) qayd etildi, keyin Verona hamda turnir jadvali peshqadami Inter minimal hisoblarda mag'lub etildi (1:0, 1:0).

Yuventusga qarshi o'yinda...