Tashkent, May 14 -- 14 may kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp Saudiya Arabistoniga tashrifi davomida Suriya muvaqqat prezidenti Ahmad ash-Shara bilan uchrashdi. Bu haqda "Al Arabiya" xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, ushbu uchrashuv ikki mamlakat rahbarlari o'rtasidagi 25 yildan beri bo'lib o'tgan birinchi uchrashuv sanaladi.
Uchrashuvda Tramp AQSHning Suriya bo'yicha sanksiyalarni bekor qilishini e'lon qilgan. Bu qaror Saudiya valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmondan kelgan iltimosga binoan amalga oshirilgan. Trampning so'zlariga ko'ra, sanksiyalar o'z maqsadiga erishgan va endi Suriya tiklanish va taraqqiyot yo'lida yangi imkoniyatlarga ega bo'lishi kerak. Uchrashuvning boshqa tafsilotlari oshkor etilmagan.
Published by HT Digital Co...
Click here to read full article from source
To read the full article or to get the complete feed from this publication, please
Contact Us.