Tashkent, May 6 -- O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari bilan:

- Jasur Shavkatovich Solihov O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi rektori lavozimiga;

- Gulnoza Saydig'anixo'jayevna Ismailova O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlash bo'yicha "El-yurt umidi" jamg'armasi ijrochi direktori lavozimiga tayinlandi.

Eslatib o'tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev 5 may kuni istiqbolli kadrlarni maqsadli tayyorlash va mutaxassislarning xorijda ta'lim olishini qo'llab-quvvatlashga oid takliflar taqdimoti bilan tanishgandi. "El-yurt umidi" fondi Prezident huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlash bo'yicha "El-yurt umidi" jamg'armasi etib...