Tashkent, May 1 -- Prezident Shavkat Mirziyoyev Xonqa tumanidagi "Sobirjon Yusuf" oilaviy fermer xo'jaligi dalasida bo'ldi.

Uning rahbari Oyimjon Otajanova 73 yoshda. Qo'li gul bu ayol ko'chatchilik bilan shug'ullanayotganiga qirq yildan oshgan. Xo'jalikning 3 gektar maydonida mevali va manzarali daraxt ko'chatlari yetishtiriladi. Yana ikki gektarda esa bog'dorchilik qilinadi. Bundan tashqari, 12 sotix issiqxonada 40 turdagi gul ko'chatlari yetishtiriladi. Issiqxona zamonaviy suv tejamkor texnologiyalar bilan ta'minlangan bo'lib, uning har bir bo'limida ko'chatlarning turi va hususiyatidan kelib chiqib zarur mikroiqlim yaratilgan.

Serg'ayrat onaxon oila a'zolarini ham shu ishga boshlagan. Yiliga 50 ming tupdan ortiq ko'chatlar o'stirib,...