Tashkent, June 24 -- Joriy yilning 19-21-iyun kunlari tashkil etilgan "Eco Expo Central Asia 2025" xalqaro ko'rgazmasi doirasida Davlat ekologik ekspertizasi markazi o'z pavilioni bilan ishtirok etdi.

Bundan asosiy maqsad - Davlat ekologik ekspertizasi markazining xalqaro imijini mustahkamlash, ekologik baholash jarayonlarida ilg'or yondoshuvlarni namoyish etish va xalqaro hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat.

Pavilion shartli ravishda ikki kontrast zonaga bo'lingan: birinchi qismi - "Ekologik ekspertizadan oldin". Bu zonada ekologik muammolar, nazoratsiz sanoat faoliyati oqibatida yuzaga kelgan ifloslanish holatlari tasvirlangan. Ikkinchi qismi esa "Ekologik ekspertiza asosidagi rivojlanish" bo'lib, barqaror, texnologik va ...