Tashkent, April 22 -- Buyuk Britaniyada bog'dan topilgan guldon 60 ming dollarga sotildi, deb xabar beradi New York Post.

Qayd etilishicha, guldon uzoq vaqt davomida britaniyalik ayolning uyida saqlangan. Keramik buyum sinib qolganida ham ayol uni tashlab yubormasdan, Londondagi uyining bog'iga qo'yib, ichiga gullar solishda davom etgan. Shundan keyin interer buyumi meros sifatida ayolning nabiralariga o'tgan.

Ular ushbu guldon qiymatini bilish uchun Londondagi Chiswick Auctions kimoshdi uyiga murojaat qilgan. Ekspert Jo Lloyd darhol vazaning noodatiy uslubiga e'tibor qaratib, uning tubiga XX asr avangard keramikasining eng mashhur ustalaridan biri hisoblanuvchi Xans Kopperning belgisi tushirilganini payqagan.

Vazaning yuqori qismi sin...