Tashkent, April 20 -- Angliyaning janubiy qirg'oqlarida dengizdan uglerodni ajratib olish bo'yicha loyihaga start berildi.

SeaCURE deb nomlanuvchi bu kichik loyihaga Buyuk Britaniya hukumati tomonidan iqlim o'zgarishiga qarshi kurashish vazifasi yuklanmoqda.

Iqlimshunos olimlar global isishning asosiy sababi bo'lgan issiqxona gazlarining miqdorini kamaytirish yuzasida bir fikrda. Ammo ko'plab olimlarning fikricha, allaqachon tabiatga chiqarilgan gazlarni bartaraf etish yechimning asosiy qisimini tashkil etishi kerak.

Uglerodni tutish deb nomlanuvchi bu loyihalar odatda chiqindilarni manbada ushlab qolishga yoki ularni havodan ajratib olishga qaratilgan.

SeaCURE loyihasining qiziqarli tomoni shundaki, unda dengizdan sayyorani isitib yu...