Tashkent, June 14 -- Buxoroda o'tkazilgan "Ipak va ziravorlar" festivali doirasida Turizm davlat qo'mitasi tomonidan OAV vakillari va blogerlar uchun press-tur ham tashkil etildi. Maqsad - ishtirokchilarni Buxoro madaniyati va an'analariga imkon qadar chuqurroq sho'ng'ittish. Eng ajoyib va esda qolarli lahzalardan biri "Ustoz va shogird" markaziga tashrif bo'lib, unda Buxoro viloyatining marvaridi sanalmish - Safi palovini tayyorlash va suvda Ebru usulida rasm chizish bo'yicha mahorat darslari tashkil etildi.

"Ustoz-shogird" markazi nomidan maʼlumki, bu yerda anʼanaviy ustoz va shogird munosabati asosida bilim beriladi. Yoshlar o'z ishining ustalari bo'lgan hunarmandlardan bevosita o'rganadilar. Bu usul Buxoroda asrlar davomida...