Tashkent, April 22 -- Buxoro shahridagi xususiy klinikada tibbiy muolaja olgan 11 yoshli bola vafot etganligi holati yuzasidan tekshirish o'tkazildi. Bu haqda Bosh prokuror matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, ish bo'yicha isbotlanishi lozim bo'lgan barcha holatlarni tekshirish hamda bir qator tergov harakatlari o'tkazish lozimligi inobatga olinib, Jinoyat kodeksining 116-moddasi (Kasb yuzasidan o'z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Shuningdek, barcha zarur tergov harakatlari o'tkazilganidan so'ng ish bo'yicha qonuniy to'xtamga kelinishi bildirilgan.
Published by HT Digital Content Services with permission from UzReport....
Click here to read full article from source
To read the full article or to get the complete feed from this publication, please
Contact Us.