Tashkent, April 21 -- Ichki ishlar vaziri Aziz Toshpo'latov Buxoro viloyatida kompleks inspektorlik tekshiruvi natijalari yuzasidan hisobot yig'ilishi o'tkazdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Yig'ilishda respublika ishchi guruhining Buxoro viloyatidagi o'rganish yakunlariga ko'ra, har bir shahar va tuman kesimida jinoyatchilikka qarshi kurashish, aholining murojaatlari bilan ishlash, ularga xizmat ko'rsatish, jamoat tartibi va yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash, shuningdek xodimlarning ijro hamda xizmat intizomiga rioya etish masalalari tanqidiy muhokama qilingan.

Kompleks inspektorlik tekshiruvi natijalariga ko'ra, xizmat faoliyatida jiddiy kamchiliklarga yo'l qo'ygan bir qator rahbarlarga nisbatan intizomiy ta'sir ...