Tashkent, June 13 -- Ijtimoiy tarmoqlarda voyaga yetmagan bolani ma'muriy bino xonasida maxsus formada bo'lgan shaxs qiynoqqa solayotgani aks etgan videoxabar tarqaldi. Holat bolalar ombudsmani nazoratiga olingan ravishda o'rganilmoqda.

Keltirilishicha, mazkur videodagi holat bo'yicha tegishli tekshiruv o'tkazish va bolaga nisbatan sodir etilayotgan g'ayriqonuniy harakatlarga huquqiy baho berish to'g'risida Bosh prokuraturaga so'rov kiritildi.

Hozirda holat Buxoro viloyati prokuraturasi tomonidan o'rganilmoqda. Bolalar ombudsmani har qanday vaziyatda bolaga nisbatan do'stona munosabatda bo'lish shartligini ta'kidlagan holda, bolaning huquqlarini qo'pol ravishda buzilishiga yo'l qo'ygan mas'ul shaxslarga qonun doirasida qat'iy chora ko'r...