Tashkent, May 7 -- Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida tibbiyot sohasidagi islohotlarning navbatdagi bosqichida turgan ustuvor vazifalar muhokamasiga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishi bo'lib o'tmoqda.

Endilikda tibbiyot brigadasi hamda unga biriktirilgan aholi o'rtasida huquq va majburiyatlarni belgilovchi ikki tomonlama shartnoma tuziladi. Aholi oilaviy shifokorni erkin tanlaydi, bu jarayonlarga xususiy oilaviy shifokorlar ham jalb etiladi.

Tibbiy yordamning kafolatlangan paketi tasdiqlanadi va paket doirasida tibbiy xizmat va dori vositalari to'liq byudjetdan qoplanadi.

Shuningdek, poliklinikada akusher-ginekologlar 2 barobar ko'payadi. Har 3 ming bola uchun 1 tadan pediatr shtati yangidan qo'shiladi.

Bundan buyon birlamchi...