Tashkent, June 1 -- 31 may kuni kechqurun Bryansk oblasti Vigonichskiy rayonida avtomobil ko'prigi quladi, bu vaqtda uning ostidan Klimov - Moskva yo'lovchi poyezdi o'tayotgandi.

Rossiya temiryo'l departamenti xabariga ko'ra, hodisa mahalliy vaqt bilan soat 22:44 da Bryansk oblastidagi Pilshino - Vigonichi bir yo'lli peregonida ro'y bergan. Bu yerda temiryo'l federal miqyosdagi A-240 avtomobil yo'li bilan kesishadi. Ko'prikdan bu vaqtda yuk mashinasi o'tayotgan bo'lgan.

Poyezd qulagan ko'prik konstruksiyasiga urilgan, natijada lokomotiv va to'rtta vagon izdan chiqib ketgan.

Mahalliy rasmiylarga ko'ra, avariya oqibatida yetti kishi halok bo'lib, yana 69 kishi jarohatlangan. Jarohatlanganlardan 47 nafari shifoxonaga yotqizilgan, ulardan ...