Uzbekistan, Feb. 4 -- Mamlakat elchixonasi ko'magida O'zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi, Xalqaro migratsiya tashkiloti (XMT) va Buyuk Britaniyaning bir qator davlat tashkilotlari va rekruting kompaniyalari rahbarlari ishtirokida onlayn muzokaralar tashkil etildi.

Unda Britaniyada "Mavsumiy ishchilar sxemasi" (Seasonal Workers Scheme") loyihasi doirasida faoliyat yurituvchi Ishchi kuchi yetkazib beruvchilar assotsiatsiyasi, Mehnat huquqlarini himoya qilish bo'yicha tashkiloti, Pro-Force, HOPS Labour Solutions, Fruitful jobs LTD va Concordia Charity kabi rekruting kompaniyalari rahbarlari va vakillari ishtirok etdi.

Suhbat davomida mamlakatda mavjud ishchi kuchini Britaniyaga diversifikatsiya qilish, xavfsiz v...