Tashkent, May 9 -- Ijtimoiy tarmoqlarda Boysun Davlat o'rmon xo'jaligi hududida zarafshon archalari tag qismidan kesilayotgani bo'yicha e'lon qilingan xabar yuzasidan Surxondaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi tomonidan o'rganish ishlari olib borildi.

O'rganish jarayonida Boysun davlat o'rmon xo'jaligiga qarashli Kengdala o'rmon bo'limining "Shappa", "Movirli", "Qora buloq", "Chorshanbi" va "O'rikli" massivlarida olib borilgan nazorat tadbirlari davomida jami 53 tup turli diametrdagi Zarafshon archalari noqonuniy ravishda kesilgani, 3 tup archaga esa o'sishdan to'xtaydigan darajada zarar yetkazilgani aniqlandi.

Mazkur huquqbuzarliklar bo'yicha o'rmon xo'jaligi xodimlari tomonidan vakola...