Tashkent, May 16 -- Qozog'iston va Rossiyaning "Bayterek" qo'shma korxonasi Boyqo'ng'ir kosmodromi maydonchalaridagi texnologik uskunalarni kimoshdi savdosiga qo'ydi. Bu haqda "Kazinform" xabar berdi.

Xabar qilinishicha, sotuvga qo'yilgan uskunalar o'z maqsadiga muvofiq ishlashning boshqa istiqbollariga ega emas, ma'naviy va jismoniy jihatdan eskirgan deb tan olingan hamda "Bayterek" loyihasining zamonaviy jarayonlariga integratsiya qilinmaydi.

Qayd etilishicha, ushbu mulk 40-60 yillik bo'lib, "Zenit-M" majmuasi hududida joylashgan. Uning baholangan qiymati 753,2 million tenge (19 mlrd 92 mln so'm), biroq auksionda boshlang'ich narxi 135,4 million tenge (3 mlrd 423 mln so'm) deb belgilangan. Ehtimol, bu darajadagi chegirma savdoda ishti...