Tashkent, May 16 -- O'zbekiston va Bolgariya mehnat migratsiyasi bo'yicha kelishuv ishlab chiqadi. Bu haqda Migratsiya agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Agentlik rahbari Behzod Musayev va Bolgariya parlamentining mehnat va ijtimoiy siyosat qo'mitasi raisi Denitsa Sacheva o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda tomonlar mehnat migratsiyasi, ishchi kuchini tayyorlash va fuqarolarni huquqiy himoya qilish kabi masalalarni muhokama qildi.

Bolgariya ish beruvchilari o'zbekistonliklarni intizomli, moslashuvchan va mas'uliyatli deb baholashi qayd etildi. O'zbekiston tomoni migratsiya sohasida hamkorlik bo'yicha takliflarni ilgari surdi.

Bundan tashqari, Behzod Musayevning Bolgariya Ichki ishlar vaziri o'rinbosari Lyubomir Yosifov bilan kec...