Tashkent, May 20 -- 1. Tibbiy ko'rikdan o'tkazing:

Bola oromgohga jo'natilishidan oldin oilaviy shifokor yoki poliklinika tomonidan to'liq tibbiy ko'rikdan o'tishi shart.

Tibbiy ma'lumotnoma (086-shakl) va epidemik holat haqida guvohnoma olib berilishi zarur.

Yuqumli kasalliklar, allergiyalar, surunkali holatlar haqida tibbiy xodimlarga aniq ma'lumot bering

2. Shaxsiy gigiyena vositalarini tayyorlab bering:

Sovun, tish pastasi, tish cho'tkasi, sochiq, taroq, hojatxona qog'ozi, antiseptik gel yoki salfetkalar.

Har qanday dori-darmonlar faqat shifokor ruxsati bilan beriladi!

3. Kiyim-kechak va oyoq kiyimlar:

Ob-havoga mos, yengil va qulay kiyimlar tayyorlang (ertalab, kunduzgi va kechki ob-havo uchun alohida).

Sport kiyimlari, suzi...