Tashkent, May 22 -- Tojikistonning Dushanbe shahrida joylashgan xususiy bolalar bog'chalaridan birida 2 yoshli bola karavotga osilib qolib, vafot etdi. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, ushbu voqea joriy yilning 19 may kuni mahalliy vaqt bilan taxminan soat 13:05 da sodir bo'lgan. Rasmiylarga ko'ra, bolalar bog'chasida tarbiyachi sifatida ishlagan 29 yoshli ayol o'z vazifasini loqaydlik bilan bajargan. Bola kunduzgi uyqu vaqtida nazoratsiz qoldirilgan va shu paytda 2-qavatdagi karavotdan sirg'anib ketib, bo'ynidan panjaraga ilinib qolgan va bola voqea joyida halok bo'lgan.

Loqaydlikka yo'l qo'ygan xodim 2023 yilning may oyidan boshlab mazkur bog'chada norasmiy tarbiyachi sifatida 120 kun ishlagan...