Tashkent, May 7 -- Avvalroq, Toshkent viloyatining Bo'ka tumanidagi 24-sonli maktab o'quvchilari maktabga kech qolgani uchun ular obodonlashtirish ishlariga jalb qilingani haqida xabar berilgandi. Bolalarni ushbu ishga jalb etgan direktor o'rinbosariga chora ko'rildi. Bu haqda viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi ma'lumot berdi.

Qayd etilishicha, holatni o'rganish maqsadida tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi tomonidan ishchi guruh tuzilib, vaziyat atroflicha ko'rib chiqilgan. Aniqlanishicha, holat joriy yilning 30 aprel kuni yuz bergan. Maktabning 11-sinf o'quvchilari dars jarayonlariga kechikib kelgan. Holat ushbu o'quvchilar tomonidan surunkali davom etib kelayotgani sababli maktabning ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'...