Tashkent, May 3 -- Oksford Qirollik sudi BMT sudyasi Lidiya Mugambeni vatandoshini o'zining xizmatkori va farzandlariga qarovchi qilishga majburlagani uchun olti yil to'rt oy ozodlikdan mahrum qildi. Mugambe, ayni paytda Uganda Oliy sudining ham sudyasi hisoblanadi, u "hech qanday pushaymonlik alomati ko'rsatmagan" va aybni jabrlanuvchiga yuklashga uringan, dedi sudya 2-may kuni bo'lib o'tgan sud majlisida.

50 yoshli Mugambe Britaniya immigratsiya qonunchiligini buzish maqsadida til biriktirish, ekspluatatsiya maqsadida safar uyushtirish, majburiy mehnatga jalb qilish va guvohni qo'rqitishga urinishda aybdor deb topildi, deb yozadi The Guardian. U Oksford universitetida huquq fanlari doktori darajasini olish jarayonida bo'lgan paytda vat...