Tashkent, April 22 -- Birlashgan Millatlar Tashkilotining rasmiy veb-saytida O'zbekiston va Kongo tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasi tomonidan "O'rmonlarni o'stirish va qayta tiklash bo'yicha harakatlar o'n yilligi" rezolyutsiyasi qabul qilinganiga bag'ishlangan maqola e'lon qilindi.

Maqolada O'zbekistonning milliy, mintaqaviy va global miqyosda o'rmon va daraxt ekish masalalarini ilgari surishdagi yetakchi roli qayd etilgan.

"O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan mamlakatimizda besh yil davomida bir milliard ko'chat o'tqazish ko'zda tutilgan "Yashil makon" umummilliy dasturi amalga oshirilmoqda. Ekilgan daraxtlar qum bo'ronlarini kamaytirish, ekotizimni yaxshilash va mahalliy aholi uchun daromad manbalarini yar...