Tashkent, May 17 -- Qirg'iziston poytaxti Bishkek shahrida O'zbekiston fuqarosi yo'l-transport hodisasiga uchradi, shundan so'ng u komaga tushib qoldi. Bu haqda AKIpress uning onasi Dilafruz Karimovaga tayanib xabar berdi.

O'zbekistonlik ayolning aytishicha, uning qizi poytaxt tibbiyot kolleji talabasi. Karimova qizini vataniga qaytarishga harakat qilmoqda va shu munosabat bilan O'zbekiston rasmiylaridan yordam so'ragan.

Bishkek Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmatining xabariga ko'ra, YTH joriy yilning 2 aprel kuni Isakeeva ko'chasida sodir bo'lgan. Kunduzgi soat 13:30 da 2000 yilda tug'ilgan G.A. yo'lni kesib o'tayotganida 1999 yilda tug'ilgan T.A boshqaruvidagi Hyundai Sonata rusumli avtomashina uni urib yuborgan.

Jabrlanuvc...