Tashkent, May 19 -- 19 may kuni Qirg'izistonning Bishkek shahrdagi "Ala-Archa" davlat qarorgohida Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti Parlament Assambleyasi Kengashining yig'ilishi bo'lib o'tdi. Bu haqda AKIpress xabar berdi.

Yig'ilishda Qirg'iziston, Rossiya, Qozog'iston, Tojikiston va Belarus parlamentlarining rahbarlari ishtirok etdi.

Yig'ilishni ochib bergan Jogorku Kenesh spikeri Nurlanbek Turg'unbek uulu ushbu tadbir nafaqat parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlash, balki KXSHTga a'zo davlatlar o'rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishga ham hissa qo'shishini ta'kidladi.

Shuningdek, u tobora kuchayib borayotgan zamonaviy chaqiriq va tahdidlar sharoitida parlamentlar tomonidan qabul qilingan qarorlar davlatlar barqarorlig...