Tashkent, April 22 -- Birlashgan Arab Amirliklari yangi qonunlar yaratish, amaldagi qonunlarni qayta ko'rib chiqish va ularga o'zgartish kiritish uchun sun'iy intellektdan foydalaniladigan dunyodagi birinchi davlatga aylanadi. Bu haqda Financial Times nashri yozmoqda.

Nashrning ta'kidlashicha, bu qaror davlat tomonidan sun'iy intellektdan foydalanish bo'yicha eng radikal urinish bo'lib, unga milliardlab dollar investitsiya qilingan.

Mamlakat bosh vaziri, Dubay amiri shayx Muhammad ibn Rashid Ol Maktumning ta'kidlashicha, qonunchilik jarayoniga SIni joriy qilish uni tezkor va aniqroq qiladi. Uning so'zlariga ko'ra, tizim muntazam ravishda qonunchilikka o'zgartishlar taklif qilib boradi va hukumat kutayotgan natijalarga ko'ra, bu qonunchi...