Uzbekistan, Feb. 4 -- O'tgan hafta davomida, yani 27-yanvar - 2-fevral kunlari "O'zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi" AJning barcha savdo platformalarida 30 447 ta bitim tuzilgan bo'lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 12,2% ga kamdir. Ularning 39,2% birja savdolariga, qolgan 60,8% qismi esa elektron tijorat savdo tizimlariga to'g'ri keldi.

Davlat xaridlari tizimlarida o'tkazilgan elektron savdolar natijasida byudjet va korporativ buyurtmachilarining qariyb 104,7 mlrd so'mlik mablag'lari tejaldi.

Ko'rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 3 078 ta avtoraqamlar sotildi.

Birja savdolari

Ko'rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 11 923 ta bitim tuzildi.

Sement

Birja savdolari orqali 153 610,0 t...