Uzbekistan, Sept. 3 -- Avval xabar berilganidek, davlatimiz rahbarining ""O'zbekiston - 2030" strategiyasini "Atrof-muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risida"gi Farmoni ijrosiga muvofiq, "O'zbekneftgaz" AJ tomonidan bosqichma-bosqich yuqori oktanli (Ai-92) avtobenzin ishlab chiqarishga o'tish va sentyabr oyidan boshlab birja savdolariga faqat yuqori oktanli avtobenzin joylashtirilishi rejalashtirilgan edi. Shu bois, "O'zbekneftgaz" AJ 2025 yil 2 sentyabrdan boshlab, Ai-80 benzinini birja savdolari orqali sotishni to'xtatdi.

O'z navbatida Ai-92 rusumidagi avtobenzinning birja savdolariga chiqarish hajmlari oshirildi. Shu vaqtga qadar 1000 tonna Ai-92 benzini savdolarga qo'yilgan bo'lsa,...