Tashkent, May 19 -- Ichki ishlar vazirligi 15 apreldan 15 mayga qadar hamkor tashkilotlar ishtirokida respublika miqyosida o'tkazilgan Xavfsiz va sog'lom yurt keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlarining natijalari bilan bo'lishdi.

Qayd etilishicha, tungi vaqtlarda jamoat xavfsizligini ta'minlash maqsadida hududlarda o'ntadan sohaviy xizmatlardan iborat hamkor guruhlar faoliyati yo'lga qo'yilgan. Natijada, respublika bo'yicha ko'cha va jamoat joylarida bezorilik jinoyati 25,6 foizga kamayishiga erishilgan. Tezkor profilaktik tadbirlar davomida hayot va sog'liq uchun xavfli tig'li buyumlarni olib yurgan jami 17 mingdan ortiq shaxs aniqlangan.

Shuningdek, jinoyat sodir etib, sud va tergov idoralaridan yashirinib yurgan 100 dan ortiq qi...