Tashkent, April 26 -- 25 aprel kuni O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Qozog'istonning Olmaota shahrida Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo'mitasi siyosiy byurosi a'zosi, Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashuv o'tkazdi. Bu haqda Saidov o'zining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.

Ma'lum qilinishicha, uchrashuv davomida O'zbekiston va Xitoy o'rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini chuqurlashtirish masalalari yuzasidan ochiq va atroflicha fikr almashilgan.

Shuningdek, Baxtiyor Saidov O'zbekistonning taraqqiyotini doimiy qo'llab-quvvatlayotgani, barqaror, farovon va o'zaro bog'langan mintaqani barpo etishga qaratilgan umumiy intilishlari uchun Xitoy tomoniga minnatdorlik bildirgan.

Published ...