Tashkent, April 23 -- Banklarga o'rnatiladigan makroprudensial normativlar hamda ular tomonidan beriladigan kreditlar (mikroqarzlar) bo'yicha to'lovlarning eng yuqori qiymatlariga doir talablar to'g'risida gi nizom (ro'yxat raqami: 3618, 22.04.2025-y.) Adliya vazirligida davlat ro'yxatidan o'tkazildi.

Mazkur Nizom banklarga, shu jumladan mikromoliya banklariga (bank) qo'yiladigan makroprudensial normativlar hamda ular tomonidan jismoniy shaxslarga beriladigan kreditlar (mikroqarzlar) bo'yicha to'lovlarning eng yuqori qiymatlariga doir talablarni belgilaydi.

Nizomga ko'ra, banklarga o'rnatiladigan makroprudensial normativlarga quyidagilar kiradi:

- qarz yuki ko'rsatkichi;

- kreditning garovga nisbati ko'rsatkichi;

- kreditlar (mikroqa...