Tashkent, May 14 -- Surxondaryo viloyatida tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash, ishlab chiqarishni kengaytirish va aholi bandligini ta'minlashda muhim qadamlar tashlanmoqda. Ushbu jarayonda O'zsanoatqurilishbank sa'y-harakatlari hududda yangi loyihalarni ishga tushirish, mavjud korxonalar faoliyatini yana-da kengaytirish hamda vohaliklar turmush tarzini yaxshilashga xizmat qilmoqda.

Xususan, Termiz tumanida joylashgan "Surxon savdo olami" mas'uliyati cheklangan jamiyati (MChJ) rahbari Nosirbek Umbarov o'z biznes faoliyatini kengaytirishni rejalashtirayotgan paytda moliyaviy yordamga muhtoj edi. Uning tibbiyot jihozlari va mebellar ishlab chiqarish loyihasi katta salohiyatga ega bo'lsa-da, unga sarmoya kerak edi. Ana shunday paytda O'zsanoa...