Tashkent, May 14 -- Milliy statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, 2025-yilning yanvar-mart oylarida jami 44,8 ming nafar O'zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda BAAga safar qilgan.

Bu ko'rsatkich o'tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 6,3 ming nafarga yoki 16,2 % ga oshgan.

Joriy yilning yanvar-mart oylarida BAAga borgan O'zbekiston fuqarolari safar maqsadlari bo'yicha quyidagicha:

sayyohlik - 39 172 nafar

qarindoshlarni yo'qlash - 5 024 nafar

xizmat yuzasidan - 363 nafar

davolanish - 167 nafar

o'qish - 70 nafar

Published by HT Digital Content Services with permission from UzReport....