Tashkent, April 26 -- Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligining Aydar-Arnasoy ko'llar tizimini nazorat qilish bo'limi xodimlari tomonidan 150 ga yaqin qayiqlar muhrlandi.

Hududning baliqchilikka ixtisoslashgan "Dilrabo" x/k, "Aydar oltin baliq" MCHJ, "Majiddin" x/k, "Sultonbek-Akram" f/x, "Amir Talgat" fx, "Erali Ernar" MCHJ, "Jahongir fishing" MCHJ, "Alisher golden fish" MCHJ va boshqa xo'jaliklardagi qayiqlar muhrlandi. Shuningdek, hududda shubhali ko'ringan shaxslar bilan suhbat o'tkazilib, tegishli tushuntirish-targ'ibot ishlari olib borilmoqda.

Nazorat tadbirlari tunu kun davom etirilmoqda.

Taqiqlangan davrlar baliqlarning urchish-urug'lanish, ya'ni ko'payish davri hisoblanadi. Baliqlar urchish dav...