Tashkent, April 16 -- O'zbekiston elchisi Ravshanbek Alimov Ashxobod shahar hokimi Rahim G'andimov bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.

Unda ikki davlat poytaxtlari o'rtasidagi hamkorlikni yana-da rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Xususan, tomonlar Toshkent shahar hokimligi va Ashxobod shahar hokimligi o'rtasida qardosh shaharlar munosabatlarini yo'lga qo'yish to'g'risidagi bitimni amalda amalga oshirishning holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.

Iqtisodiy, sayyohlik, sport, ilmiy-madaniy aloqalarni rivojlantirish, shuningdek, zamonaviy shaharsozlik, kommunal xizmat ko'rsatish tizimini raqamlashtirish va aholiga ko'rsatilayotgan xizmatlar sohasida tajriba almashish maqsadida shahar delegatsiyalari, xo'j...