Tashkent, June 12 -- 10 iyun kuni Argentina Oliy sudi mamlakatni 2007-2015 yillarda boshqargan Kristina Kirshnerni korrupsiyada aybdor deb topdi. U 6 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi va unga davlat lavozimlarida ishlash umrbod taqiqlandi. Endi u saylovlarda qatnasha olmaydi.

Hozir ozodlikda bo'lgan Kristina Kirshner sudga borishi va 18 iyunga qadar hibsga olinishi kerak. Uning advokatlari 6 yillik qamoq jazosini Buenos-Ayresdagi uyida o'tashini talab qilmoqda. 70 yoshdan oshgan barcha mahkumlar bunday huquqqa ega. Kristina Kirshner hozir 72 yoshda.

Kirshner aybdor deb topilgan Avtomobil yo'li ishi 2008 yilda bir necha muxolifat deputatining shikoyati bilan boshlangan. Birinchi sud majlisi 2019 yilda bo'lib o'tdi, Kristina Kirshner va ...