Tashkent, May 14 -- AQSh va Saudiya Arabistoni 600 milliard dollardan ortiq qiymatdagi bitimlar va investitsion majburiyatlar paketini imzoladi. Bu ikki davlat o'rtasidagi hamkorlik tarixidagi eng yirik iqtisodiy kelishuv bo'ldi, deb xabar bermoqda Oq uy.

Bitimlar imzolash marosimi 13 may kuni Ar-Riyodda bo'lib o'tdi. Unda AQSh prezidenti Donald Tramp va Saudiya valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon ishtirok etdi. Tomonlar strategik hamkorlikni chuqurlashtirish va uzoq muddatli iqtisodiy taraqqiyotni ta'minlashga kelishib oldi.

Kelishuvlarga ko'ra, Saudiyaning DataVolt kompaniyasi AQSh hududida data-markazlar va energetika infratuzilmasi qurilishiga taxminan 20 milliard dollar investitsiya kiritadi. O'z navbatida, AQShning GE Vernova k...